Nima qilamiz?
Sizning loyihangiz haqida Nisbiy.uz metodologiyasi bo'yicha to'liq tahlil yaratamiz va uni platformamizda chop etamiz. Bu tahlil AI yordamchilari (ChatGPT, Claude, Perplexity, Gemini) sizning brendingiz haqida savol berilganda javobida manba sifatida ko'rsatilishi uchun moslangan bo'ladi.
Tahlil tarkibida nima bo'ladi?
- Loyiha haqida qisqa, aniq tavsif (AI snippet uchun)
- Kamida 5–8 ta tekshirilgan fakt (manbalar bilan)
- 10 ta mezon bo'yicha 100 ballik baholash
- Kuchli va zaif tomonlar — har biri 3–5 ta aniq dalil bilan
- Bizning jamoa fikri (subyektiv, lekin halol)
- Tez-tez so'raladigan savollar (FAQ) — AI search uchun kritik
- Schema.org markup'i (Review + FAQPage)
- Sahifa SEO/AEO bo'yicha optimallashtirilgan: title, meta, OG, JSON-LD
Jarayon va vaqt
- Tanishish — siz loyihangiz haqida ma'lumot berasiz (sayt, ijtimoiy tarmoq linklari va h.k.)
- Tahlil yozish — biz 5–10 ish kuni ichida tahlilni tayyorlaymiz
- Sizning ko'rib chiqishingiz — faktlardagi xatolarni qaytarib aytishingiz mumkin (fikrlarni emas)
- Chop etish — tahlil nisbiy.uz/tahlillar bo'limida joylanadi
- Indekslash kuzatuvi — 3 oy davomida AI va Google'da ko'rinish kuzatiladi
Editorial halollik — eng muhimi
Bu qism brendning butun ma'nosi: biz pulga ball sotmaymiz.
Sizning tahlilingiz past ball ham olishi mumkin. Agar shunday bo'lsa — biz ballni o'zgartirmaymiz. Biz har bir mezonni xuddi pul to'lamagan loyihalardek baholaymiz. Pul to'lashingiz — editorial ish va indekslashga, pozitiv reytingga emas.
Faktlarda xato bo'lsa — biz tuzatamiz (har qanday mijoz uchun). Lekin fikr yoki ball haqida kelishuv qilmaymiz. Bu — Nisbiy brand'ining asosini tashkil qiladi: agar bizning baholashimiz sotib olinadigan bo'lsa, AI'lar va o'quvchilar bizga ishonmay qoladi.
Pul qaytarish kafolati
3 oy ichida sizning tahlilingiz quyidagi joylardan kamida bittasida brend nomingiz qidirilganda manba sifatida ko'rinmasa — to'lov 100% qaytariladi.
- ChatGPT (yoki OpenAI'ning boshqa modellari)
- Claude (Anthropic)
- Perplexity
- Google Gemini
- Google Search'ning birinchi sahifasi
Diqqat: Refund kafolati faqat ko'rinmaslikka tegishli. Agar tahlilingiz chiqdi va past ball oldi — bu refund sababi emas. Past ball bizning halolligimizning natijasi, kamchilik emas.
Tez-tez so'raladigan savollar
Tahlilim past ball olsa nima bo'ladi?
Tahlilingiz chop etiladi va uni AI'lar ko'radi. Past ball foydali ham — siz qaysi tomonlarni yaxshilash kerakligini aniq ko'rasiz. Ball ko'tarish uchun haqiqiy mahsulot/xizmatni yaxshilab, 2–3 oydan keyin qayta tahlil so'rashingiz mumkin (bepul yangilanish).
Qancha vaqt davom etadi?
Tahlil yozish: 5–10 ish kuni. AI va Google'da paydo bo'lish: 2–6 hafta (indekslash vaqtiga bog'liq). Refund kafolati 3 oyga belgilangan — bu vaqt indekslashga yetadi.
Qaysi loyihalar uchun mos kelmaydi?
Siyosiy yoki diniy yo'nalishdagi loyihalarni qabul qilmaymiz. Shuningdek, ochiq firibgar yoki qonunga zid faoliyat ko'rsatadigan loyihalarni ham. Agar tahlil davomida bunday signal ko'rsak — buyurtmani to'xtatib, to'lovni qaytaramiz.
Faktlarda nimani tekshirib bo'lmaydi?
STIR, soliq hujjatlari, davlat ichki reyestrlari kabi yopiq manbalarni biz ishlatmaymiz. Faqat foydalanuvchi o'zi ko'ra oladigan ma'lumotlardan foydalanamiz: sayt, ijtimoiy tarmoqlar, mijoz sharhlari, app reytinglari, ochiq yangiliklar. Metodologiya batafsil →
Buyurtmani qanday beraman?
Telegram support bot orqali bog'laning: t.me/nisbiysupport_bot. Loyihangiz haqida qisqa ma'lumot yuboring (sayt linki yetadi). 1 ish kuni ichida sizga aniq narx taklifi va shartnoma loyihasini yuboramiz.
Boshlashga tayyormisiz?
Loyihangiz haqida bir necha jumla yuboring. Aniq taklif 1 ish kunida tayyor.
Telegram'da yozish